Join Us
O‘zbekiston Yosh Iqtisodchilari Jamiyatiga qo‘shiling

YESUga qo‘shilish sizga o‘z tashabbuslaringizni amalga oshirish platformasini berib, haqiqiy o‘zgarishlar yaratadigan yetakchiga aylanishingizga yordam beradi. O‘z g‘oyalaringiz, ko‘nikmalaringiz va yetakchiligingiz bilan real ta’sir ko‘rsatadigan tarmoqning bir qismi bo‘ling. Bugun YESUga qo‘shiling va O‘zbekiston iqtisodiyotini shakllantirishda yetakchilik qiling. YESU a’zoligi iqtisodiy bilimlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan jamiyat bilan faol ishlashning noyob imkoniyatini taqdim etadi. A’zo sifatida siz seminarlar, ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va soha yetakchilari, tadqiqotchilar hamda siyosatchilar bilan eksklyuziv tanishuv imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Yetakchi mutaxassislardan murabbiylik orqali siz amaliy mashg‘ulotlar va loyihalarda ishtirok etib, texnik va shaxslararo ko‘nikmalaringizni oshirasiz.

Nima uchun YESUga qo‘shilish kerak?

Aloqa va hamkorlik imkoniyatlari

O‘xshash fikrga ega yosh iqtisodchilar, soha mutaxassislari va siyosatchilar bilan bog‘lanib, kuchli professional tarmoqni shakilantirish

Resurslarga kirish huquqi

O‘z akademik va professional rivojlanishingiz uchun Yangi O‘zbekiston Universiteti imkoniyatlaridan foydalaning. Tadqiqotlar olib boring, hamkorlik qiling va amaliy loyihalarda ishtirok eting.

Ko‘nikmalaringizni rivojlantiring

Loyihalarni boshqarish, tashabbuslarga yetakchilik qilish va tengdoshlaringiz bilan ishlash orqali tanqidiy fikrlash, ma’lumot tahlili va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantiring.

Aloqa doirangizni kengaytiring

Iqtisodiy rivojlanish va siyosatni shakllantirishga sodiq talabalar, o‘qituvchilar, hukumat vakillari va mutaxassislar bilan aloqalarni o‘rnatish.

Kimlar qo‘shilishi mumkin?

YESU iqtisodiyot yoki unga aloqador sohalarda faoliyat yuritayotgan har bir kishiga ochiq. Agar siz iqtisodiy tadqiqot, siyosat va ta’sir ko‘rsatishga qiziqsangiz, YESU siz uchun mo‘ljallangan.

Azo bo'lish
A’zolik turlari

Asosiy a'zolar

Iqtisodiyotga qiziqqan barcha talabalar uchun ochiq. Bular odatda bizning izdoshlarimiz va passiv ishtirokchilarimiz (potentsial a'zolar). Veb-sayt orqali yoki tadbirlar davomida ro'yxatdan o'tishlari mumkin.


Talablar

Veb-saytda ariza formasini to‘ldirish


Imtiyozlar

Ochiq tadbirlar uchun axborot byulleteniga kirish imkoniyati

Faol azolar

400 ball to‘plangach beriladi


Talablar

O‘tgan 6 oy ichida kamida ikki YESU tadbirida yoki seminarida qatnashish, yoki bitta tadbirda qatnashish va/yoki bitta tadbirda ko‘ngilli bo‘lish. A’zolar ro‘yxati yiliga bir marta yangilanadi.


Imtiyozlar

Yopiq networking uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyati, mashhur tadbirlarga navbatdan oldin ro‘yxatdan o‘tish, universitet kutubxonasidan foydalanish huquqi, onlayn kurslarga kirish imkoniyati, yosh mutaxassislar bazasiga qo‘shilish hamda so‘rov asosida beriladigan a’zolik sertifikati (CV uchun qo‘shimcha afzallik).

Yetakchi a’zolar

Ushbu daraja tadbirlarni tashkillashtirish hamda YESU tashabbuslarini boshqarishda yetakchilik ko‘rsatgan a’zolar uchun mo‘ljallangan. Faol a’zo 1400 ballga yetgach, saralash jarayoni orqali ariza topshirish huquqiga ega bo‘ladi.


Talablar

Faol a’zo bo‘lish; YESUda yetakchilik lavozimiga ariza berish yoki tegishli loyiha/tadbirlarga taklif kiritish va loyiha bilan bog‘liq ma’lum vazifalarni bajarish; shaxsan suhbatdan o‘tish; Elchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish (loyiha shakllantirilmoqda


Imtiyozlar

Faol a’zolarning barcha imtiyozlariga ega bo‘lish, mashhur tadbirlarga navbatdan oldin ro‘yxatdan o‘tish, so‘rov bilan pullik tadbirlarga bepul chipta olish, universitet inshootlaridan foydalanish, so‘rov asosida Yetakchi a’zolik sertifikatini olish (CV uchun qo‘shimcha afzallik) hamda YESU maslahatchilaridan bevosita murabbiylik olish imkoniyati.

Ballik tizim

Vazifalar ro‘yxati mavjud bo‘ladi, ularni bajarish ma’lum miqdorda ball olib keladi va bu ballar keyingi a’zolik darajasiga o‘tishga yordam beradi. Lvl 1 (asosiy a’zo) – 0 ball Lvl 2 (faol a’zo) – 400 ball Lvl 3 (yetakchi a’zo) – 1400 ball

  • Tadbirda ishtirok etish – 100 ball
  • Tadbirda ko‘ngilli bo‘lish – 200 ball
  • YESU’ning Instagram postini qayta joylash (faqat bir marotaba bajarilishi mumkin, tugma va havola kelajakdagi tadbir uchun mavjud bo‘ladi va bu tadbirni a’zo sahifasida targ‘ib qilish uchun xizmat qiladi) – 50
  • O‘z tajribangiz bilan ulashing (har qanday platformada YESU bilan bo‘lgan tajribangiz haqida post yoki reels/video yaratish, TikTok yoki Shorts ham bo‘lishi mumkin; unda harakatga chaqirish ham bo‘lishi mumkin) – 50 ball
  • A’zo olib kelish (bir martalik bajarilishi mumkin, a’zo do‘stini a’zolik dasturimizga taklif qiladi, tekshirish uchun a’zolik arizasidagi “motivatsiya” bo‘limida taklif qilgan shaxsning to‘liq ismi ko‘rsatilishi talab qilinadi) – 100 ball.
  • Changemaker (YESUning biror sektorida ko‘ngilli sifatida ishtirok etish orqali (stajirovka?) yoki YESU doirasida loyiha amalga oshirish orqali erishish mumkin) – 400 ball (faol a’zolik ochilgandan so‘ng “yetakchi a’zolik”ga o‘tish uchun talab qilinadigan vazifa).

A’zo kamida 2 ta tadbirda qatnashmasdan yoki ulardan birida ko‘ngilli bo‘lmasdan “faol a’zo” darajasiga yetisha olmaydi. Biroq, a’zo vazifalarni turli kombinatsiyalarda bajarishi mumkin: repost + share + yangi a’zo olib kelish + 2 tadbirda qatnashish/ulardan birida ko‘ngilli bo‘lish, yoki 2 tadbirda qatnashish + ulardan birida ko‘ngilli bo‘lish kabi.

“Yetakchi a’zo” darajasiga murojaat qilish uchun foydalanuvchi qo‘shimcha 1000 ball to‘plashi kerak (bu ballarni ko‘ngilli ishlarda ishtirok etish orqali tezroq yoki tadbirlarda qatnashish orqali bosqichma-bosqich to‘plash mumkin), shuningdek, biror g‘oyani amalga oshirish majburiy vazifa bo‘lishi lozim.